Ronaldu 2 mlrd dollar ishlab topgan birinchi faol sportchi bo‘ldi
Sport
−
09:27 316 1 daqiqa
Besh karra “Oltin to‘p” sohibi, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida jami 2 milliard dollar daromad olgan birinchi faol sportchiga aylandi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.
Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, futbolchi 2026-2027 yilgi mavsumda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubidagi faoliyati uchun 250 million dollar, reklama shartnomalari va boshqa biznes loyihalaridan esa yana 50 million dollar ishlab topishi kutilmoqda.
Manbaning yozishicha, “Inter Mayami” safida to‘p surayotgan argentinalik hujumchi Lionel Messining jami daromadi kelasi yili 2 milliard dollarlik chegaradan oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 41 yoshli Ronaldu besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni va ikki karra Millatlar ligasi g‘olibi hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi 2022 yil dekabridan buyon “Al-Nasr” sharafini himoya qilib kelmoqda. U faoliyati davomida Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Ispaniyaning “Real Madrid” va Italiyaning “Yuventus” klublarida ham to‘p surgan.
Live
Barchasi23 Oktyabr