Shavkat Mirziyoyev va birinchi xonim Yaponiya imperatori bilan uchrashdi
Jamiyat
−
20 dekabr 2019
6342Bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uchrashdi.
Imperator oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston-Yaponiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim voqea bo‘lgani, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqanini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev Imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, “Reyva” deb nomlangan yangi davrda Yaponiya uyg‘un rivojlanishda davom etishi, mamlakat nufuzi va aholi farovonligi yanada oshishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva tashrifi sharafiga Yaponiya Imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim tomonidan qabul marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, ular birgalikda suratga tushdilar.
LiveBarchasi