Messining debyuti Amerika televideniyesida rekord o‘rnatdi
Sport
−
25 iyul 2023
11023Argentinalik futbolchi Lionel Messining “Inter Mayami”dagi debyut o‘yinini Amerika televideniyesida 12,5 million kishi tomosha qildi. Bu haqda “TyC Sports” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Florida jamoasining Liga kubogi doirasidagi “Krus Asulga (2:1) qarshi bahsi televideniye tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan futbol o‘yini bo‘ldi.
Qayd etilishicha, ushbu o‘yin 2022 yildagi NBA finaliga qaraganda ko‘proq tomosha qilingan. O‘z vaqtida “Boston” va “Golden Steyt” basketbol jamoalarining o‘yini o‘rtacha 12,4 million tomoshabinni jalb qilgan.
Ma’lumot uchun, Amerika televideniyesida eng ko‘p “Kanzas-Siti” va “Filadelfiya” jamoalari to‘qnashuvi tomosha qilingan. Amerika futboli jamoalari o‘rtasidagi bahsni 115 million kishi oynai jahon orqali ko‘rgan.