Messining Barselonaga qaytishi bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi
Sport
−
25 mart
3131“Barselona” afsonaviy hujumchisi Lionel Messini o‘z safiga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” argentinalik futbolchini JCH-2026 dan keyin qaytarishni rejalashtirgan. Kataloniyaliklar 2026/27 yilgi mavsum boshlanishidan oldin rekonstruksiya qilingan “Kamp Nou”ni keng miqyosda ochishni rejalashtirmoqda va “ko‘k anorranglilar” rahbariyati aynan shu sababdan Messini qaytarmoqchi. 37 yoshli futbolchi faoliyatini “Barselona”da yakunlashi mumkin.
“Barselona” vaqtincha “Olimpiko” stadionida o‘ynamoqda va joriy mavsum oxirida “Kamp Nou” stadionida rasmiy o‘yinlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Biroq, agar “Barsa” bu yil u eski stadioniga qaytsa ham, qurilish ishlari yakunlangach, uning sig‘imi pasaygan yoki 60 mingdan sal ko‘proq tomoshabin bilan ishlashi kutilmoqda.
Taxminlar shuni ko‘rsatadiki, qayta qurish 2026/27 yilgi mavsumda to‘liq yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, Messi 2003 yildan 2021 yilgacha “Barselona” safida to‘p surgan va shu vaqt ichida olti marta “Oltin to‘p”, to‘rt marta Chempionlar ligasi va boshqa bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi