Messining Barselonadagi uyiga o‘g‘ri tushdi

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messining Barselonadagi uyiga o‘g‘rilar bostirib kirishga urindi. Bu haqda “Antena 3” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, voqea 5 aprel kuni Barselonadan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Kasteldefels shahrida sodir bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan soat 2 da qora kiyingan ikki erkak Messi uyining bog‘iga bostirib kirgan, biroq uyga kira olmagan. Ular politsiya yetib kelguniga qadar jinoyat joyini tark etgan.

O‘g‘rilar kuzatuv kamerasi tomonidan tasvirga olingan. Politsiya tez orada holat yuzasidan bayonot berishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Messi 2021 yilning avgustida PSJga o‘tgan edi. Fransuz klubiga qadar u 18 yil davomida “Barselona”da o‘ynagan. U Kataloniya klubi safida 10 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va to‘rt marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Uning PSJ bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. OAV xabariga ko‘ra, Parij klubi bilan yangi shartnoma imzolashda maoshi katta miqdorda qisqartirilgani sababli Messi boshqa jamoaga o‘tish niyatida. Futbolchida “Barselona”ga qaytish va MLS klublaridan biriga o‘tish varianti mavjud.

Messi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing