Messining Hindistondagi haykali buziladi
Sport
−
29 may 2950 1 daqiqa
“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining Hindistondagi 21 metrlik haykalini buzish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “The Times of India” nashri xabar berdi.
“Argentinalik futbol afsonasining haykali xavfli deb topildi. Biz haykalning shamolda tebranishini payqadik”, deydi G‘arbiy Bengal assambleyasi a’zosi Sharadvat Muxerji.
Haykal tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng, ishchilar uni qalin kabellar bilan mahkamlab, odamlar va transport vositalari uchun xavfsiz masofani ta’minlash maqsadida to‘siqlar o‘rnatgan. Rasmiylar endi yodgorlik uchun yangi joyni qidirmoqda.
Messi 2025 yil dekabrida o‘tkazilgan taqdimot marosimiga masofadan turib o‘z haykalining ochilish marosimida ishtirok etgandi. Keyinchalik u tashrifi davomida Hindistonning to‘rtta shahrida bo‘lgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Messi Hindiston tashrifi chog‘ida Bollivudning mashhur aktyori Shohruxxon bilan uchrashgandi.
Live
Barchasi