Messi Shohruxxon bilan uchrashdi (video)
Sport
−
13 dekabr 8966 1 daqiqa
Bugun, 13 dekabr kuni argentinalik futbol afsonasi Lionel Messi Hindistonga bordi. U Kalkutta shahridagi Cri Bhumi sport klubida Hindistonning mashhur aktyori Shohruxxon bilan uchrashdi.
Shu yerda Messi o‘zining 21 metr balandlikdagi haykalini virtual tarzda ochib berdi. Tadbirda Messiga jamoadoshlari Luis Suares va Rodrigo De Paul hamrohlik qilishdi.
Shuningdek, mashhur hind aktyori Shohruxxon va uning kenja o‘g‘li Abram Xon ham Messining haykali ochilish marosimida ishtirok etishdi va tadbirdan so‘ng futbol afsonasi bilan birga suratga tushishdi.
Malumot uchun, Lionel Messi sharafiga dunyodagi eng katta deb hisoblangan 21 metrli temir haykal Kalkuttaning Janubiy Dum-Dum shahrida joylashgan va haykalda Messi qo‘lida Jahon chempionati kubogini ushlab turgan holda tasvirlangan. G‘arbiy Bengal vaziri Sujit Bosega ko‘ra, haykal atigi 40 kun ichida qurib bitkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” prezidenti Joan Laporta ham klub afsonasi Lionel Messining haykali yaqinda “Kamp Nou” tashqarisida o‘rnatilishini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi