Messini ortga qaytarish “Barselona” rejalarida yo‘q – klub vitse-prezidenti
Sport
−
12 may 2023
4553“Barselona” vitse-prezidenti Eduard Romeu PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messining jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Messini o‘z safimizga qo‘shib olish bizning rejalarda yo‘q. Messi bilan jamoa yanada yaxshilanardi va La Ligada hammasi yaxshi bo‘lardi”, deydi Romeu.
OAV Messi yozda PSJni tark etishi va Saudiya Arabistonida 400 million dollarga yaqin maosh bilan rekord darajadagi shartnomani imzolashi haqida xabar tarqatmoqda.
Messi 2021 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. U joriy mavsumda klub safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.