Messini ko‘rish uchun salkam 2000 km bosib o‘tgan muxlisning hafsalasi pir bo‘ldi
Sport
−
26 iyun 2023
22214“Inter Mayami” muxlisi klub hujumchisi Lionel Messining “Filadelfiya Yunion”ga qarshi o‘yinini (1:4) tomosha qilish uchun 1931 km yo‘l bosib o‘tdi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, muxlis argentinalik hujumchini "Inter Mayami" tarkibida “Filadelfiya Yunion”ga qarshi o‘yinda debyut qiladi, deb o‘ylagan. Biroq bu uchrashuvda Messi maydonga tushmadi.
Keyinroq “Filadelfiya Yunion” Twitter'da muxlisning “Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisini ko‘rish uchun 1200 mil yo‘l bosib o‘tdim” degan banner ko‘tarib turgani aks etgan videoni joyladi. Video oxirida muxlis afishani yerga uloqtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi yozgi transfer oynasida PSJdan “Inter Mayami”ga o‘tgan edi. Messining “Inter Mayami” jamoasidagi taqdimoti 16 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
LiveBarchasi