Messiga MLS ramziy jamoasidan joy topilmadi

Sport

image

“Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi 2023 yil yakunlari bo‘yicha AQSH chempionati (MLS) ramziy terma jamoasiga kiritilmadi. Bu haqda liga o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi iyul oyida “Inter Mayami”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U Florida klubida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi, ammo ushbu natija argentinalik futbolchining ramziy jamoaga kirishi uchun yetarli bo‘lmadi.

MLS ramziy terma jamoasi:

Himoyachilar: Mett Myazga (“Sinsinnati”), Tim Parker (“Sent‑Luis Siti”), Uoker Simmerman (“Neshvill”);

Yarim himoyachilar: Lusiano Akosta (“Sinsinnati”), Tyago Almada (“Atlanta”), Ektor Errera (“Xyuston Dinamo”), Xani Muxtar (“Neshvill”);

Hujumchilar: Georgios Yakumakis (“Atlanta”), Kucho Ernandes (“Kolambus Kryu”), Deni Buanga (“Los‑Anjeles”).

Ma’lumot uchun, Messi 2003 yildan 2021 yilgacha “Barselona” sharafini himoya qilgan, u Kataloniya klubi bilan 10 marta Ispaniya chempioni va 4 marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Argentina terma jamoasi sardori sifatida u jamoaga 2022 yilgi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritishda yordam berdi. MLS'ga o‘tishdan oldin Messi Fransiyaning PSJ jamoasida o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made