Ispaniya qiroli Messini kechki ovqatga taklif qildi

Sport

−

image

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, argentinalik futbolchi Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya bilan rasmiy kechki ovqatga taklif etildi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Messi bugun, 22 oktyabr kuni Ispaniyaning Ovedo shahriga sport yo‘nalishidagi Asturiya malikasi nomidagi mukofotini qabul qilib olish uchun boradi. Shuningdek, u Ovedo sport saroyida maktab o‘quvchilari, talabalar va muxlislar bilan uchrashuvda ishtirok etadi.

Shu kuni kechqurun “Inter Mayami” hujumchisi Ispaniya qirollik oilasi va mukofot sovrindorlari ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda qatnashishi kutilmoqda. Tadbirda Messidan tashqari, boshqa mukofot sohiblari ham ishtirok etadi.

Asturiya malikasi nomidagi mukofotni topshirish marosimi ertaga, 23 oktyabr kuni Kampoamor teatrida bo‘lib o‘tadi. Marosimdan so‘ng Messi AQSHga yo‘l oladi. U yerda futbolchi MLS doirasida joriy yilning 25 oktyabr kuni “Nyu-York Red Bullz”ga qarshi safar uchrashuvida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peruda aniqlangan va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yangi o‘simlik turiga argentinalik futbolchi Lionel Messi sharafiga Salvia messii – “Messi o‘simligi” deb nom berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing