Gaitida politsiya va armiya o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar bo‘ldi

Olam

image

Gaiti hukumatining ma’lum qilishicha, norozilik namoyishiga chiqqan politsiya xodimlari va armiya bo‘linmalari o‘rtasida yuz bergan qonli to‘qnashuvlardan so‘ng,  poytaxt Port-o-Prensda 23 fevral kuni rejalashtirilgan karnaval bekor qilindi.

“Hukumat ehtimoliy qon to‘kilishining oldini olish maqsadida Port-o-Prensdagi karnavalni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Va xalqni xotirjamlikni saqlashga chaqirdi”, deyiladi Gaiti kommunikatsiya vazirligi bayonotida.

Gaiti poytaxtidagi prezidentlik saroyi yaqinida sodir bo‘lgan otishmalarda kamida bir nafar askar va bir nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi, yana 9 kishi jarohat oldi.

OAV xabarlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuv noma’lum shaxslar tomonidan armiya shtab-kvartirasiga hujum qilish bilan boshlangan, binoga o‘t qo‘yishga urinishlar bo‘lgan. Shundan so‘ng, ushbu hududda kun davomida bir tomondan fuqaro va politsiya kiyimidagi odamlar, boshqa tomondan harbiy xizmatchilar o‘rtasida otishma to‘xtamadi.

Mamlakatda politsiya tomonidan ish sharoitlarini yaxshilashni talab qilgan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bir hafta muqaddam politsiya karnaval o‘tadigan joyda yig‘ildi va bayramga tayyorlangan karnaval platformalarini yoqib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

to'qnashuvlar Gaiti

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing