Messi JCH-2026 da qatnashadimi?

Sport

image
0:00
0:00
download

PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish-etmasligiga izoh berdi. Bu haqda “Ole” xabar berdi.

“Bilmayman, men har doim aytganman, yoshim tufayli qatnashish juda qiyin bo‘lib tuyuladi. Men futbol o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Ammo keyingi Jahon chempionatida ishtirok etishim vaziyatga bog‘liq”, deydi Messi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina terma jamoasi tarkibida JCH-2022 g‘olibiga aylangandi. Turnir finalida Argentina terma jamoasi Fransiya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing