Messi jarohatidan qutuldi

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messi chap tizzasidan olgan jarohatidan tuzaldi.

Messi bir nechta o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmadi. 34 yoshli futbolchi endi Argentina terma jamoasi ixtiyorida va 2022 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining navbatdagi o‘yinlarida maydonga tushishga tayyor. “TyC Sports” xabariga ko‘ra, futbolchi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan va jarohat olgan tizzasida hech qanday muammo sezilmagan.

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni futbolchini Urugvay bilan navbatdagi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, “Albiseleste” joriy yilning 13 noyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasida Urugvay, 17 noyabrda esa Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.  


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Messi PSJ Argentina AFA

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing