Messi jarohat oldi

Sport

image

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi sardori Lionel Messida jarohat borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarlarga ko‘ra, Messi chap son mushaklarining cho‘zilishidan aziyat chekmoqda. U mazkur jarohatni joriy yilning 8 fevral kuni jamoaning Guayakil shahridagi mavsumoldi tayyorgarlik doirasida Ekvadorning “Barselona” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:2) olgan. Argentinalik futbolchi o‘sha o‘yinda gol urib, golli uzatma ham amalga oshirgandi.

“Messi 11 fevral kuni Ekvadorda “Barselona”ga qarshi o‘yindan so‘ng chap son mushaklarining cho‘zilishi sabab mashg‘ulotlarda qatnashmadi. O‘shandan beri uning ahvoli yaxshilanmadi. Futbolchi qo‘shimcha tibbiy ko‘riklardan o‘tdi va tashxis tasdiqlandi. Uning mashg‘ulotlarga bosqichma-bosqich qaytishi yaqin kunlarda klinik va funksional tiklanishiga bog‘liq bo‘ladi”,  deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli argentinalik hujumchi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surib kelmoqda. 2025 yil dekabr oyi boshida Messi jamoasi bilan MLS chempionligini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi jarohat “Inter Mayami”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing