Messi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sport

image

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan 2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.

Messi turnir davomida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentina terma jamoasi finalda Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani kumush medallar bilan yakunladi.

“Federatsiya komissiyasi ushbu qarorni faqat statistik ma’lumotlarga tayanib qabul qildi. Lionel Messi IFFHS talqiniga ko‘ra turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu qaror fikrlar yoki obro‘-e’tiborga emas, balki ishonchli va xolis statistik ma’lumotlarga asoslangan”,  deyiladi tashkilot bayonotida.

39 yoshli Messi o‘z faoliyatida oltinchi marta Jahon chempionatida ishtirok etdi. U turnir yakuniga qadar Jahon chempionatlari tarixidagi umumiy hisobdagi gollari sonini 21 taga, golli uzatmalari sonini esa 11 taga yetkazib, har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

Shu bilan birga, Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Messini Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe (22 gol) ortda qoldirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri FIFA tomonidan turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing