Messi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin – OAV
Sport
−
14 fevral 899 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 38 yoshli hujumchi jismoniy holati maksimal tayyorgarlik darajasiga javob bermasa, mundialda ishtirok etishdan voz kechish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.
Xabarlarda aytilishicha, Messining sog‘lig‘i qaror qabul qilishda hal qiluvchi omil bo‘ladi. Agar u o‘zini eng yuqori jismoniy holatidan hatto 1 foiz past deb his qilsa ham, turnirda qatnashmaslikni ma’qul ko‘radi.
Futbolchi Jahon chempionatining yuqori talablarini yaxshi tushunadi va faqat 100 foiz tayyor holdagina maydonga tushish mumkin, deb hisoblaydi.
Shuningdek, u MLS’dagi raqobat darajasini ham inobatga olmoqda. Uning fikricha, bu bosim Yevropa yetakchi ligalariga nisbatan pastroq bo‘lib, yirik turnirga mukammal jismoniy holatsiz to‘liq tayyorgarlik ko‘rishni qiyinlashtirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi. Avvalgi mundial finalida argentinaliklar Fransiya terma jamoasi bilan 3:3 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvaloroq “Inter Mayami” klubi joriy yilning 8 fevral kuni jamoaning Guayakil shahridagi mavsumoldi tayyorgarlik doirasida Ekvadorning “Barselona” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:2) jarohat olganini ma’lum qilgandi.