Messi Yil tinchligi bo‘yicha chempion bo‘ldi

Sport

image

Kataloniyaning "Barselona" klubi futbolchisi Lionel Messi "Champion for Peace of the Year" (Yil tinchligi bo‘yicha chempion) mukofotini qo‘lga kiritdi.

Argentinalik futbolchi mukofotni tinchlik, adolat, ijtimoiy yechimlar va jamoat ishlariga sodiqligi uchun qo‘lga kiritgan. 

"Messi o‘zining fondi orqali butun dunyo bo‘ylab kam ta’minlangan bolalarning ta’lim olishiga hissasini qo‘shmoqda", deyilgan "Peace and Sport" tashkiloti saytida. 

Messining o‘zi ham bu borada fikrlarini bildirgan.

"Bunday e’tirofni olganimdan juda mamnunman. Boshqalarga hurmat, bu men bolaligimdan o‘rgangan narsa. Bu muhim qadriyatni futbol maydonida ham doim qo‘llashga harakat qilaman. Adolatli futbolchi ekaningizni tan olishlari juda yoqimli", degan u.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida argentinalik 12 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing