Messi yozda “PSJ”ga o‘tadi – OAV

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi hujumchisi Lionel Messi Fransiyaning “PSJ” klubiga o‘tadi. Futbolchining transferi haqida “RMC Sport” radiostansiyasi xabar berdi.

Radio jurnalisti Daniel Rioloning ta’kidlashicha, Messi “Barselona” bilan shartnomasi tugagandan so‘ng darhol shartnomani imzolaydi. Bu keyingi yozda sodir bo‘ladi.

Bungacha "Manchester Siti" va “Chelsi” futbolchi bilan hamkorlikni boshlash istagini bildirgan edi.

Aytgancha, bir necha oy oldin argentinalik futbolchi allaqachon “Barselona”dan ketmoqchi edi. Bunga sabab etib klub rahbariyati bilan uning o‘rtasida chiqqan ziddiyat ko‘rsatildi. 

Joriy yilning 4 sentyar kuni "Barselona" klubi futbolchisi Lionel Messi jamoadan ketmaslikka qaror qilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Ko‘p o‘tmay, yani oktyabr oyida moliyaviy inqiroz tufayli Kataloniya klubi futbolchilar bilan ish haqini kamaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi va Messi ushbu fursatdan foydalanib, "Barselona"ni tark etishi mumkin, degan fikrlar ham paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Messi ESPN'ga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi forvardi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi PSJ

Baholaganlar

337

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing