Messi YeCHLda maydonga tusha olmaydi
Sport
−
02 noyabr 2021
6044PSJ hujumchisi Lionel Messi tizzasidagi muammo tufayli Chempionlar ligasining 4-turi doirasida “Leypsig”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
“Leo Messi chap oyog‘ining son qismidagi noqulaylik va jarohatdan keyingi tizzasidagi og‘riqlardan shikoyat qilmoqda”, deydi Parij klubi matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 31 oktyabr kuni Messi fizioterapevt bilan alohida mashg‘ulot o‘tkazgan. Klub uning joriy yil 3 noyabr kuni “Leypsig”ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishiga umid qilgan.
Messi Fransiya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Lill”ga qarshi o‘yinda (2:1) o‘zini noqulay his qilgani uchun almashtirildi. Ma’lum qilinishicha, Leo mashg‘ulot vaqtida o‘zini noqulay his qilgan va o‘yin vaqtida ahvolidan xavotirlana boshlagan. Natijada bosh murabbiy Maurisio Pochettino ehtiyot chorasi sifatida futbolchini almashtirishga qaror qilgan.
LiveBarchasi