Messi YeCHL favoritlarini aytdi

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messi 2021-22 yilgi Chempionlar ligasi favoritlari haqida gapirdi. Bu haqda “Marca” nashri ma’lum qildi.

“Hamma PSJ klubini Chempionlar ligasining asosiy favoriti, deb aytmoqda. Da’vogarlar qatorida ekanligimizni inkor etmayman, lekin kuchli jamoa bo‘lish uchun hali ko‘p ishlashimiz kerak. Ha, favoritlardan birimiz, lekin faqat o‘zimiz emas. “Liverpul” bugun juda yaxshi formada. Undan tashqari “Manchester Siti”, “Bavariya”, “Real Madrid” va “Atletiko” kabi jamoalar YeCHLda g‘olib chiqishga qodir”, deydi Messi. 

Eslatib o‘tamiz, PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, Parij klubi navbatdagi uchrashuvini ertaga, 24 noyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Maurisio Pochettino Manchester Siti Messi PSJ Liverpul' Real Madrid Man Siti

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing