Messi va Ronaldu yo‘q! “L’Equipe” yil jamoasini e’lon qildi

Sport

image

Fransiyaning nufuzli “L’Equipe” nashri o‘z talqini bo‘yicha 2021 yil ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

E’tiborlisi, mazkur ramziy terma jamoaga Italiya A seriyasi to‘purari Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”) va “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi (PSJ) kiritilmagan.

Darvozabon: Eduard Mendi (“Chelsi”);

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”), Ruben Diash (“Manchester Siti”), Markinos (PSJ), Teo Ernandes (“Milan”);

Yarimhimoyachilar: Ngolo Kante (“Chelsi”), Jorjino (“Chelsi”);

Hujumkor yarimhimoyachilar: Muhammad Salah (“Liverpul”), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”);

Hujumchilar: Robert Levandovski (“Bavariya”), Karim Benzema (“Real”).

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri joriy yilning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Unga ko‘ra, 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski tan olindi. “Oltin to‘p” sohibi, Lionel Messi (PSJ) esa 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Liverpul” vingeri Muhammad Saloh yakunladi. Karim Benzema, Jorjino, Kilian Mbappe, Krishtianu Ronaldu va Erling Xoland eng kuchli sakkiz futbolchi qatoridan joy olgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Messi Ronaldu Oltin to'p “L’Equipe”

Baholaganlar

100

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing