Messi va Ronaldu yana bir-biriga qarshi o‘ynashi mumkin

Sport

image

“Al-Nasr” va “Inter Mayami” klublari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ali Alabdalha o‘zining X sahifasida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, nomini oshkor etishni istamagan marketing kompaniyasi Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Inter Mayami” jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinini tashkil qilyapti. Uchrashuv Xitoy mezbonligida o‘tkazilishi kutilmoqda. 

Aytish joiz, bu o‘yin shunchaki ikki klubni o‘zaro kuch sinashishi uchun emas balki, sobiq “El-klasiko”chilar – portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va Argentina terma jamoasi a’zosi Lionel Messi qarama-qarshiligini uyushtirish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, bu ikki futbolchi joriy yil boshida, Messi hali PSJ futbolchisi ekanligida o‘zaro to‘qnash kelgan edi. Unda parijliklar “Al-Nasr” ustidan 5:4 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Inter Mayami Saudiya El'-klasiko Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing