Messi va Gvardiola koronavirus bilan kurashish uchun 1 million yevro xayriya qildi

Sport

image

Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola koronavirus epidemiyasi bilan kurashish uchun 1 million yevrodan xayriya qildi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Gvardiolaning xayr-ehsonlari Kataloniyada koronavirusni davolashda yordam beradigan tibbiy buyumlar va jihozlarni sotib olish va ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Messi yana bir xayriya aksiyasi doirasida Barselonadagi davlat shifoxonasi uchun bir million yevro ajratdi.

Hozirda Ispaniya Yevropadagi koronavirus o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Shu kungacha mamlakatda 42 058 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Ularning 2 991 nafari vafot etgan, 3 794 nafari esa bu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 197 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 422 941 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 18 907 nafari vafot etgan, 109 102 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 294 932 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 281 837 nafari yoki 96 foizi ahvoli qoniqarli, 13 095 nafari esa og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Koronavirus Gvardiola Xayriya

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing