Messi va Argentinaning omadsiz seriyasi davom etadi

Sport

image

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Braziliya yashil maydonlarida Amerika kubogi-2019 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Guruh bosqichining ikkinchi turi doirasida turnirning asosiy favoritlaridan biri sifatida ko‘rilayotgan Argentina terma jamoasi Paragvay termasiga qarshi maydonga chiqib, yana g‘alaba qozona olmadi.

Kolumbiyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan Messi va uning jamoadoshlari bu o‘yinda durrangga erishdi va bor yo‘g‘i 1 ochko to‘plagan holda eng so‘nggi o‘rinda qoladigan bo‘ldi. Argentina keyingi bosqichga chiqishni xohlasa Qatar terma jamoasini mag‘lub etishi shart.

Argentina — Paragvay 1:1 (1:0, 0:1).

Gollar: 0:1 – Sanches (37), 1:1 – Messi (57 pen.).

Argentina: Armani, Kasko, Talyafiko, Otamendi, Petsselya, Paredes, Lo Chelso, Pereyra (Aguero, 46), de Paul (Suares, 87), Messi, Martines (Di Mariya, 67).

Paragvay: Fernandes, Arsamendiya, Gomes, Piris, Alonso, Roxas, Roxas, Sanches, Almiron (Ortis, 87), Santander (Romero, 72), Gonsales (Eskobar, 90).

Ogohlantirishlar: Gomes (32), Roxas (43), Armani (45), Piris (55), Talyafiko (80), Otamendi (83).


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Amerika kubogi-2019 Paragvay

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing