Messi “The Best”da kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
14:34 535 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aniqlash uchun “The Best”da kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.
Messi yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda PSJ hujumchisi Usmon Dembeleni birinchi, “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappeni ikkinchi va “Barselona” hujumchisi Lamin Yamalni uchinchi o‘ringa qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu ushbu sovrin uchun ovoz bermagan, uning o‘rniga Bernardu Silva terma jamoa sardori sifatida ovoz berish jarayonlarida qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, PSJ hujumchisi Usmon Dembele FIFA “The Best” taqdirlash marosimida 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.