Messi so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi 

Sport

image

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) o‘zining rasmiy veb-saytida 2011 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari reytingini taqdim etdi. 

Argentina terma jamoasi hujumchisi va "Barselona" sardori Lionel Messi ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan. 

Ikkinchi o‘rindan Portugaliya terma jamoasi va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy olgan, kuchli uchlikni "Vissel Kobe" yarim himoyachisi ispaniyalik Andres Inesta yakunlagan. 

Shuningdek, kuchli beshtalikka braziliyalik Neymar ("PSJ") va ispaniyalik Serxio Ramos ham ("Real") kiritilgan. 

Ovoz berish 150 mamlakat vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing