Messi so‘nggi qarorga keldi. “Al-Hilol”?

Sport

image

Rasman PSJdan ketgan argentinalik hujumchi Lionel Messi AQSHning “Inter Mayami” klubini tanlagani aytilmoqda. Bu haqda jurnalist Erlan Kastilo o‘z  Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Messi “Inter Mayamini” tanladi. Boshqa variant yo‘q va bu uning manzili”, deydi Kastilo. 

Bunga qadar Messiga Saudiyaning “Al-Hilol” jamoasi katta qiziqish bildirayotgandi. Ular taklif qilayotgan shartnomada hujumchi uchun yiliga 600 million yevro maosh va’da qilingandi.

Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalarda umumiy 41 ta o‘yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni delegatsiyasi argentinalik hujumchi bilan shartnoma imzolashni yakunlash uchun Parijga yetib kelgani va so‘nggi 48 soat ichida uni hal qilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Lionel' Messi PSJ Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing