Messi Ronalduning Twitter’dagi rekordini yangiladi
Sport
−
20 iyul 2023
4588Argentinalik futbolchi Lionel Messining yangi klubidagi taqdimotini Twitter'da 3,5 milliard kishi tomosha qildi. Ijtimoiy tarmoqda “Inter Mayami” klubi rahbari Devid Bekxem Messi qayd etgan natijaga izoh berdi.
“Shahrimiz va klubimizda barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi o‘ynaydi va bu butun dunyo e’tiborini tortdi. Messining taqdimotini 3,5 milliard kishi tomosha qildi. Bu juda ajoyib natija”, deydi Bekxem.
Qayd etish joiz, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning “Al-Nasr”dagi taqdimotini 3 milliard kishi ko‘rgan.
Ma’lumot o‘rnida, Messi “Inter Mayami”ga erkin agent sifatida qo‘shildi. Bungacha u ikki mavsum PSJda o‘ynadi va jamoa tarkibida 2 marta Fransiya chempioni bo‘ldi. O‘tgan mavsumda Messi 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 20 ta golga assistentlik qildi.