Turkiya Prezidenti Liviyadagi yo‘qotishlar haqida gapirdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Liviyada bir necha nafar turk harbiysining halok bo‘lganini ma’lum qildi. Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning soniga aniqlik kiritmagan.

2019 yilning noyabr oyi oxirida Erdo‘g‘an va Liviya hududining bir qismini boshqaruvchi milliy kelishuvi hukumati rahbari Foyiz Sarroj harbiy hamkorlik va o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashgan edi.

2 yanvar kuni Turkiya parlamenti Liviyani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ma’qullagach, rasmiy Anqara 6 yanvar kuni Sarrojga yordam berish uchun harbiylar jo‘natganini ma’lum qildi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Liviyaga hozircha o‘z qo‘shinlarini yubormagan, u yerda faqat turk harbiy maslahatchilari ishlamoqda.

“Liviyada bir necha nafar qahramonimiz halok bo‘ldi. Lekin Xaftarning yuzga yaqin yollanma harbiylari yo‘q qilindi”, degan Erdo‘g‘an Izmirda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda. 

Uning so‘zlarini “Anadolu” agentligi keltirib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing