Messi PSJga shart qo‘ydi – OAV

Sport

image
0:00
0:00
download

PSJ hujumchisi Lionel Messi Parij klubi portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolasa, jamoani tark etmoqchi. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJ rahbariyati Messidan shartnomasi yakunlangunga qadar, ya’ni 2023 yilning yozigacha jamoada qolishini istamoqda. Ammo argentinalik hujumchi fransuz klubida Ronaldu bilan birga o‘ynash niyatida emas. Chunki faoliyatining yakunini Ronaldu bilan raqobatlashib o‘tkazishni istamaydi. Shuning uchun Leoga Ronaldu bilan birga o‘ynash variant qiziq tuyulmayapti.

Qayd  etish joizki, parijliklar portugaliyalik hujumchini klub bilan shartnomasini uzaytirmagan Kilian Mbappening o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Ronaldu va “Manchester Yunayted” jamoasi o‘rtasidagi shartnoma 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. Biroq portugaliyalikning Manchesterni tark etishi haqidagi xabarlar ko‘paymoqda.

Joriy yilning yanvar oyida Ommaviy axborot vositalarida "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Messi bilan yaxshi munosabatlarini o‘rnatish uchun PSJ klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning yozida 34 yoshli argentinalik futbolchi “Barselona”ni tark etib, PSJ safiga kelib qo‘shilgandi. Messi joriy mavsumda fransuz klubida barcha turnirlar doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Argentinalik iqtidor egasi yana bir yil PSJda qoladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Messi

Baholaganlar

484

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing