Messi professional faoliyatidagi 900-o‘yinini o‘tkazdi 

Sport

image

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi professional karerasidagi 900-o‘yinini o‘tkazdi. 

Yubiley o‘yin Ispaniya kubogi yarim finali doirasida "Barselona"ning "Sevilya"ga qarshi bahsi bo‘ldi. 

Kataloniya jamoasi sardori uchun bu Andalusiya klubi bilan o‘ynalgan 41-o‘yin hisoblanadi. 41 ta o‘yin davomida Messi 37 ta gol urgan. 

Shuningdek, "Sevilya" bilan uchrashuvlar davomida u 16 bor golli uzatma amalga oshirgan. 

Umuman olganda, forvard "ko‘k-anorranglilar" jamoasida 758 ta uchrashuv o‘tkazgan, ularda 651 ta gol urgan va 285 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Shuningdek, Messi Argentina terma jamoasida 142 bor o‘yin o‘tkazgan. Terma jamoa tarkibida u 71 ta gol urgan va 51 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Barselona" Ispaniya kubogi yarim finali doirasida kechgan bahsda "Sevilya"ga 2:0 hisobiga yutqazib qo‘ydi. 

Bu kataloniyaliklar uchun so‘nggi 7 uchrashuvdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Bungacha jamoa 6 ta o‘yindan iborat g‘alabali seriya qayd etayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi

Baholaganlar

54

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing