Messi otasining dafn marosimida ishtirok etdi (video)
Sport
−
12:13 4589 1 daqiqa
Lionel Messi va uning oila a’zolari Argentinaning Rosario shahri yaqinida joylashgan rasmiy “El Prado” qabristonida otasi Xorxe Messining dafn marosimida ishtirok etdi. Bu haqda EFE nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, marosim kichik doirada va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida o‘tkazilgan. Messi bir kun avval rafiqasi Antonela Rokutsso va farzandlari bilan Rosarioga yetib kelgan. Keyinroq ularga onasi Seliya Kuchchittini, aka-ukalari Matias va Rodrigo hamda singlisi Mariya Sol qo‘shilgan.
Messi oilasini qo‘llab-quvvatlash uchun aeroport va qabriston oldida muxlislar ham to‘plangan.
Ma’lumot uchun, Xorxe Messi uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng joriy yilning 8 avgust kuni Rosariodagi shifoxonada 68 yoshida vafot etdi. Uning o‘lim sababi ochiqlanmagan. Xorxe Messi o‘g‘lining professional faoliyati davomida uning agenti sifatida ishlagan.
Xorxe Messining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar 2026 yil iyun oyida, Jahon chempionati vaqtida ma’lum bo‘lgan edi. Argentina terma jamoasining Jazoirga qarshi ilk uchrashuvidan so‘ng Lionel Messi ko‘z yoshlarini tiya olmagan va bir necha og‘ir kunlarni boshidan kechirganini aytgan. Keyinchalik futbolchining oilasi Xorxe Messi tibbiy nazorat ostida davolanayotganini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi