Messi otasi vafoti sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi – manba
Sport
−
09:42 737 1 daqiqa
Argentinalik hujumchi Lionel Messi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng yaqinlari bilan birga bo‘lish uchun “Inter Mayami” klubidagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “DobleAmarilla” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi hozircha o‘z vatanida qoladi va uning AQSHga qachon qaytishi noma’lum.
Xorxe Messining vafoti futbolchini qattiq qayg‘uga solgan. Shu sababli Messi “Inter Mayami”dagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, keyingi xabarga qadar AQSHga qaytmaslikka qaror qilgan. Otasining vafoti haqidagi xabarni olgach, futbolchi AQSHdagi faoliyatini to‘xtatib, oilasi bilan birga bo‘lish uchun Argentinaga yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorxe Messi Rosariodagi klinikada 68 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. U uzoq vaqt davomida kasallik bilan kurashib kelgan, ammo uning aniq tashxisi ochiqlanmagan.
Lionel Messi otasi bilan muntazam ravishda telefon orqali muloqot qilib, uning sog‘lig‘i bilan qiziqib turgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim paytlarda Xorxe Messining ahvoli yaxshilanayotgandek ko‘ringan bo‘lsa-da, kasallik jiddiyligicha qolgan.
Live
Barchasi