Messi ortda qoldi. Sport tarixidagi eng qimmat shartnoma imzolandi

Sport

image

Yaponiyalik beysbolchi Shoxey Otani “Los-Anjeles Dojers” bilan o‘n yillik shartnoma imzoladi. Shartnomaga ko‘ra, beysbolchi bu muddat ichida 700 million dollar ishlab oladi.

Bu kelishuv sport tarixidagi eng yirik kelishuvga aylandi. Shu vaqtga qadar hech bir professional sportchi bunday qimmat shartnoma imzolamagan.

Otani daromad bo‘yicha Lionel Messining “Barselona” bilan shartnomasini (2017-2021) ortda qoldiradi. “Barsa”da o‘tgan to‘rt mavsumda Messi taxminan 674 million dollar ishlab topgan.

Otani ikki marta Amerika ligasida mavsumning eng yaxshi beysbolchisi deb topilgan.

2013 yildan 2017 yilgacha Yaponiya professional ligasida o‘ynagan va 2016 yilda Yaponiya chempionatida g‘olib chiqqan. 2017 yilgi mavsumdan so‘ng u “Dojers” safiga kelib qo‘shildi.

2023 yilda Otani bir ovozdan ketma-ket ikki marta eng qimmat o‘yinchi mukofotini qo‘lga kiritgan Beysbol Oliy Ligasi tarixidagi birinchi o‘yinchi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi Otani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing