Messi omadsiz seriyasiga barham bera olmadi
Sport
−
09 mart 2023 4600 1 daqiqa
PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Bavariya” bilan o‘yinlarda (0:1, 0:2) gol ura olmadi.
Argentinalik futbolchi ketma-ket 4 mavsumdan beri turnirning 1/8 final bosqichida gol ura olmayapti. Messi turnirning pley-off o‘yinlarida faqatgina 2005-2006 va 2006-2007 yilgi mavsumlarda gol urishni uddalagan.
Joriy mavsum Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida PSJ safarda “Bavariya”ga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnir bilan xayrlashdi. 9 martga o‘tar kechasi yana bir pley-off bahsi bo‘lib o‘tdi. Londonning “Tottenxem” klubi o‘z uyida “Milan” bilan nursiz durang qayd etib, musobaqani tark etdi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr