Messi “Oltin to‘p” uchun asosiy favoritga aylandi – OAV
Sport
−
03 iyul 16099 2 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi yakunlanganidan so‘ng “The Athletic” nashri “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar reytingini e’lon qildi. Nashr ekspertlarining fikriga ko‘ra, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi hozircha eng asosiy favoritga aylangan.
Ta’kidlanishicha, Messi mundialda 6 ta gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadam bo‘lib turishi va Argentina terma jamoasining turnirda chempion bo‘lishi ehtimoli Messining “Oltin to‘p” uchun imkoniyatlarini oshirgan.
Nashrning qayd etishicha, Jahon chempionatining pley-off bosqichidagi o‘yinlari va ayniqsa 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsi “Oltin to‘p” sohibini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.
Shuningdek, tarixda ilk bor “Oltin to‘p”ni topshirish marosimi Fransiya poytaxti Parijda emas, balki Angliyaning London shahrida o‘tkaziladi. Marosim 2026 yil 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
“The Athletic” talqiniga ko‘ra, 2026 yilgi “Oltin to‘p” uchun asosiy 10 da’vogar:
- Lionel Messi (“Inter Mayami”, Argentina);
- Kilian Mbappe (“Real Madrid”, Fransiya);
- Usmon Dembele (PSJ, Fransiya);
- Vinisius Junior (“Real Madrid”, Braziliya);
- Harri Keyn (“Bavariya”, Angliya);
- Maykl Olise (“Bavariya”, Fransiya);
- Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya);
- Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya);
- Deklan Rays (“Arsenal”, Angliya);
- Luis Dias (“Bavariya”, Kolumbiya).
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust