Messi “Oltin oyoq” sovriniga nomzod bo‘ldi

Sport

image

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi  “Oltin oyoq” mukofotiga da’vogarlar o‘ntaligidan joy oldi. Bu mukofot 2003 yildan beri 28 yoshdan oshgan yosh toifasidagi eng yaxshi futbolchilarga beriladi. 

Qizig‘i shundaki, har bir futbolchi bu mukofotni faoliyati davomida faqat bir marta qo‘lga kiritishi mumkin. Krishtianu Ronaldu 2020 yilda Italiyaning “Yuventus” jamoasida o‘ynaganida “Oltin oyoq” sovriniga ega chiqqan edi. 

2024 yilda mukofotga Lionel Messidan tashqari Harri Keyn, Neymar, Kevin de Bryuyne, Virjil van Deyk, Tomas Myuller, Karim Benzema, Lautaro Martines, Antuan Grizmann va Marko Verratti nomzodlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Oltin oyoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made