Messi Oq uyda Tramp bilan uchrashdi (video)

Sport

image

Bugun, 6 mart kuni “Inter Mayami” jamoasi sardori Messi va jamoa a’zolari o‘tgan mavsum MLS kubogidagi g‘alabasini nishonlash uchun Oq uyga tashrif buyurib, AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. 

“Inter Mayami” jamoasi 2025 yilning noyabr oyida “Vankuver Uaytkeps” ustidan g‘alaba qozonib, MLS kubokni qo‘lga kiritgan edi. Bu klubning 2020 yilda ligaga qo‘shilganidan beri birinchi chempionligi hisoblanadi.

Tramp o‘z nutqida kenja o‘g‘li – 19 yoshli Berron Tramp Messining, shuningdek jahon futbolidagi uning asosiy raqiblaridan biri Krishtianu Ronalduning ham muxlisi ekanini aytib o‘tdi.

“U sizning ashaddiy muxlisingiz. U sizni ajoyib inson deb hisoblaydi. U sizning ham, Ronaldu ismli jentlmenning ham muxlisi. Krishtianu ham ajoyib futbolchi. Sizlar buyuk chempionlar va buyuk sportchilarsiz”, degan Tramp.

Argentinalik futbolchi AQSH yetakchisining nutqini qiziqish bilan tinglagan va Ronaldu tilga olingan paytda tadbirdagi boshqa mehmonlar bilan birga kulib yuborgan. Shuningdek, Tramp Lionel Messini “Peledan ham zo‘rroq futbolchi” deb hisoblashini ham ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, bu Messining Oq uyga birinchi tashrifi bo‘ldi, chunki u 2025 yil yanvar oyida sobiq prezident Jo Bayden tomonidan berilgan Prezidentlik medalini topshirish marosimida qatnasha olmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 19 noyabr kuni Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmonning AQSHga tashrifi munosabati bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan tantanali kechki ovqatda qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Messi “Inter Mayami”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing