Messi nihoyat Ronaldudan o‘tib ketdi

Sport

image

Ispaniya chempionatining so‘nggi turida musobaqa chempionligini ancha oldin hal etib bo‘lagan “Barselona” mexmonda “Eybar” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvda kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi dubl qayd etdi. Shu tariqa Messi klub miqyosidagi gollar soni bo‘yicha ilk marotaba portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldudan o‘tib ketdi. 31 yoshli Messi hisobida 686 ta o‘yinda 602 ta gol bo‘lsa, Krishtianuda esa 805 bahsda 601 ta aniq zarba bor.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi joriy mavsum La ligada 36 ta gol kiritgan holda to‘purarlikni qo‘lga kiritdi. Krishtianu Ronaldu esa A seriyada 21 ta golga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing