Messi MLS tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Sport

image

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi 2025 yil oktyabr oyi uchun MLS'ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Argentinalik yulduz bu sovrinni ikki mavsumda beshinchi marta qo‘lga kiritib, liga tarixida yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Messi oktyabr oyida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U “Nyu-Inglend” va “Atlanta”ga qarshi o‘yinlarda jamoasiga g‘alaba keltirgan gollarga mualliflik qildi. “Neshvill” bilan o‘yinda esa xet-trik qayd etdi. Mavsum yakunida 29 ta gol urgan Messi Audi tomonidan taqdim etilgan 2025 yilgi MLS “Oltin butsa” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Umuman olganda, Messi 2025 yilgi mavsumni 28 o‘yinda 48 ta golli ishtirok (gol+pas) bilan yakunladi. Bu MLS tarixidagi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Shuningdek, u joriy mavsumda liga bo‘yicha eng ko‘p gol va golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, MLS'da oyning eng yaxshi futbolchisi har oyda “MLS Communications” tomonidan o‘tkaziladigan ovoz berish orqali aniqlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi Argentina jamoasi bilan Puerto-Rikoga qarshi bahsda 2 ta golli uzatma amalga oshirib, xalqaro futbolda eng ko‘p golli uzatma bo‘yicha jahon rekordini yangilagani haqida xabar berilgan yedi.


Maqola muallifi

Teglar

rekord MLS “Inter Mayami” “Oltin butsa”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing