Messi o‘g‘lining ilk tug‘ilgan kunini munosib nishonladi
Sport
−
11 mart 2019 10670 1 daqiqa
10 mart shanba oqshomida Lionel Messi Madridning “Rayo Valekano” klubiga qarshi o‘yinda gol kiritib, “Barselona”ning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan edi. O‘yindan so‘ng futbolchi oila davrasida muhim voqelikni munosib nishonlashga ham ulgurdi.
Gap shundaki, Messining kichik farzandi Chiro 10 mart kuni bir yoshga to‘ldi. Argentinalik futbolchi bu kunni ortiqcha dabdabalarsiz shunchaki oila davrasida oddiygina nishonladi va tug‘ilgan kundan oilaviy rasmni o‘z Instagramm iga joylashtirdi.

Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr