Messi La Ligada yangi rekord o‘rnatdi
Sport
−
16 mart 2021 11179 1 daqiqa
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatidagi gollari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Futbolchi La Liganing 27-turidan o‘rin olgan "Ueska" jamoasiga qarshi o‘tgan o‘yinda raqib darvozasini ikki bora aniq nishonga oldi.
Shu tarzda, Messi La Liga tarixida ketma-ket 13 mavsumda 20 tadan ko‘p gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Qayd etilishicha, uning seriyasi 2008/09 yilgi mavsumda boshlangan va sportchi 2011/12 yilgi mavsumda eng yaxshi natijasini ko‘rsatib, 50 ta gol urgan.