Messi klub miqiyosidagi gollari sonini 700 taga yetkazdi
Sport
−
27 fevral 2023 3745 1 daqiqa
Fransiya chempionatining navbatdagi tur o‘yinida PSJ “Marsel”ni 3 ta to‘p farqi bilan mag‘lub etdi. Bahsda parijliklar hujumchisi Lionel Messi klub miqyosida o‘zining 700-golini urdi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Messi Kilian Mbappening uzatmasidan so‘ng parijliklarning bahsdagi ikkinchi golini kiritdi.
Afsonaviy argentinalik futbolchi faoliyatining aksariyat qismini “Barselona”da o‘tkazgan. U Kataloniya klubi safida 672 ta gol urgan. “Marsel” darvozasiga kiritgan to‘pi Messining PSJ libosidagi 28-goli bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Messi yetti karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. Shuningdek, u 2022 yil yakunida Qatarda o‘tkazilgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025