Messi kibersport jamoasining egasiga aylandi

Sport

image

Argentinalik futbolchi Lionel Messi sobiq jamoadoshi Serxio Aguero tomonidan asos solingan “Kru Esports” kibersport jamoasining xo‘jayini bo‘ldi. Bu haqda Aguero o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi. 

“Men endi “Kru”ning to‘liq egasi emasman, chunki endi biz ikki kishimiz”, deydi Aguero 

Koronavirus pandemiyasi davrida Aguero kompyuter o‘yinlariga ixtisoslashgan Twitch video striming xizmatida faol translyatsiya qilishni boshladi. 2020 yilda u o‘zining “Kru Esports” kiber jamoasiga asos soldi. Endilikda “Kru Esports” loyihalarida 8 karra “Oltin to‘p” sohibi ham faol ishtirok etadi.

2021 yilning qishida Aguero sog‘lig‘idagi muammolar tufayli faoliyatini yakunladi. 10 yil davomida u Angliyaning “Manchester Siti” klubida o‘ynadi. Aguero Ispaniyaning “Atletiko Madrid” va Argentinaning “Independiyente” klublarida ham to‘p tepgan. U Olimpiada chempioni (2008), Jahon kubogi finalchisi (2014) va Amerika kubogi sohibi (2021) hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Lionel' Messi Serxio Aguero kibersport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing