Messi kelajakda o‘zini qayerda ko‘rishini aytdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi sardori Lionel Messi faoliyatini yakunlagandan so‘ng o‘zini klub murabbiyi emas, balki klub menejeri sifatida ko‘rishini ta’kidladi. Bu haqda u Luzu TV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Rostini aytsam, men o‘zimni murabbiy sifatida ko‘rmayapman. Menejer bo‘lish g‘oyasi menga yoqadi, lekin agar tanlov qilishim kerak bo‘lsa, men klubga egalik qilish rolini afzal ko‘raman. O‘z klubimga ega bo‘lish va uni noldan rivojlantirish, yosh futbolchilar va boshqa odamlarga o‘sish va muhim natijalarga erishish imkonini berish – meni eng ko‘p o‘ziga tortadigan narsa shu”, deydi Messi.

Ma’lumot uchun, Messi faoliyatining asosiy qismini “Barselona” safida (2003-2021) o‘tkazgan va klub tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. Shu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 778 ta o‘yinda maydonga tushib, 672 ta gol urgan hamda 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida 10 ta La liga chempionligi va 4 ta Chempionlar ligasi g‘alabasi kubogi ham bor.

Hozirda Lionel Messi MLS’da “Inter Mayami” klubi safida to‘p surmoqda va jamoa bilan 2028 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS’da yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina “Inter Mayami”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing