Messi “Inter”ga qarshi o‘yingacha tiklanishi mumkin
Sport
−
30 Sentabr 2019 3669 1 daqiqa
Ispaniyaning "Barselona" klubi yetakchisi Lionel Messi Chempionlar ligasi doirasida "Inter"ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvgacha jarohatdan tiklanishi mumkin.
U "Vilyarreal"ga qarshi o‘yin (2:1)da olgan jarohatidan kutilgandan ko‘ra tezroq tuzalmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining tiklanishi shu tempda davom etsa, u "Inter" bilan o‘yin qaydnomasiga qo‘shiladi.
"Barselona" Messining salomatligiga katta ehtiyotkorlik bilan qaramoqda. Uning "neradzurrilar" bilan o‘yinda ishtirok etishi o‘yindan oldingina ma’lum bo‘ladi. Murabbiylar shtabi futbolchining sog‘lig‘i bilan tavakkal qilmoqchi emas.
Live
Barchasi