Messi “futbol qiroli”ni ortda qoldirdi

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turida “Bryugge” darvozasini ikki bor ishg‘ol etdi. Bu uning faoliyatida rasmiy o‘yinlardagi 757 va 758-gollari sifatida tarixga yozildi. Yetti karra “Oltin to‘p” sohibi ushbu natija bo‘yicha “futbol qiroli” Peleni (757) ortda qoldirdi.

Messidan oldinda “Manchester Yunayted”ning 36 yoshli portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu bormoqda. Uning hisobida rasmiy uchrashuvlarda kiritilgan 801 gol mavjud.

Bundan tashqari, Lionel Messi YeCHLda 38-jamoa darvozasini ishg‘ol etdi va Ronalduga tenglashib oldi.

Eslatib o‘tamiz, afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele o‘zining Instagram sahifasida Messini “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani bilan tabriklagan edi.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum PSJ safida 14 ta o‘yinda maydonga tushgan va 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi PSJ Ronaldu Pele UEFA Chempionlar ligasi

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing