Messi faoliyatidagi 100-klubga gol urdi

Sport

image

Bugun, 26 iyul kuni Shimoliy Amerika Liga kubogi turniri doirasida “Inter Mayami” klubi o‘z maydonida “Atlanta Yunayted”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur bahsda Florida jamoasi sharafini himoya qilayotgan argentinalik 36 yoshli Lionel Messi raqib darvozasiga ikkita gol urdi. Bu orqali u faoliyati davomida 100 ta turli klublarga gol urgan futbolchiga aylandi. 

Qayd etib o‘tish joiz, argentinalik futbolchi “Inter Mayami” safidagi 2 ta o‘yinida 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Ma’lumot uchun, Messi so‘nggi ikki yil davomida Fransiyaning PSJ klubi sharafini himoya qildi. U 2022/2023 yilgi mavsumda jamoa uchun barcha turnirlarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z aktivlariga 21 ta gol va 20 ta golli uzatmani rasmiylashtirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentinalik futbolchi Lionel Messining “Inter Mayami”dagi debyut o‘yinini Amerika televideniyesida rekord o‘rnatgan edi. Mazkur bahs zangori ekran qarshisiga 12,5 million tomoshabinni jalb qila olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi PSJ Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing