Messi Ekvadorga qarshi o‘yinda nega asosiy tarkibda tushmadi?

Sport

image

Bugun, 10 iyun Toshkent vaqti bilan tongi 02:00 da Argentina terma jamoasi Ekvador terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va jamoa futbolchisi Anxel Di Mariyaning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.  Lionel Messi jamoaning asosiy tarkibiga kiritilmadi, u ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida maydonga tushdi.

“Futbolchilarning optimal formada bo‘lishi uchun biroz ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Nafaqat Messi, balki, Xulian Alvares va Lautaro Martines kabi boshqa asosiy o‘yinchilarni maydonga tushirib Amerika kubogidan oldin tavakkal qilishning hojati yo‘q edi”, deydi bosh murabbiy Lionel Skaloni.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi 20 iyunda boshlanadigan Amerika kubogining amaldagi chempioni hisoblanadi. Skaloni shogirdlari 2021 yil finalda Braziliya terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgandi va o‘sha uchrashuvda ham aynan Di Mariyaning goli jamoaga chempionlikni keltirgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made